locale OZ

Figurali uchish: 2025/26 yilgi Gran-pri taqvimi tasdiqlandi. Geynish va Chigiryov qayerda ishtirok etadi?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Figurali uchish: 2025/26 yilgi Gran-pri taqvimi tasdiqlandi. Geynish va Chigiryov qayerda ishtirok etadi?
Rasm: championat.com

Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) 2025/26 yilgi mavsum uchun figurali uchish bo‘yicha Gran-pri musobaqalari taqvimini e’lon qildi. Yangi mavsumda Gran-prilar formatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi — mezbon davlatlar rotatsiya asosida tanlandi. Musobaqalar 17–19 oktyabr kunlari Fransiyaning Anje shahrida start oladi, final bosqichi esa 4–7 dekabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan juftlik — Milan va Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan Ekaterina Geynish va Dmitriy Chigiryov bu mavsumda Xitoy (24–26 oktyabr) va AQSH (14–16 noyabr) bosqichlarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Geynish va Chigiryov o‘tgan mavsumda Kanadadagi bosqichda kumush medalni qo‘lga kiritishgandi.

2025/26 yilgi Gran-pri taqvimi:
• 17–19 oktyabr — Fransiya, Anje
• 24–26 oktyabr — Xitoy, Chongqin
• 31 oktyabr – 2 noyabr — Kanada, Saskatun
• 7–9 noyabr — Yaponiya, Osaka
• 14–16 noyabr — AQSH, Nyu-York
• 21–23 noyabr — Finlyandiya, Xelsinki
• 4–7 dekabr — Final: Yaponiya, Nagoya

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting