locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o'z o'rnida, Javohir Sindarov esa bir pog'ona pastladi

Boshqa sport turlari 01 may 2025 da 07:12
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o'z o'rnida, Javohir Sindarov esa bir pog'ona pastladi
FОТО: FIDE

Jahon shaxmat federatsiyasi aprel oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Yangilangan reytingda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 6-pog‘onada qoldi, ammo uning ochkolari 1,9 ballga kamaydi (6-o‘rin. 2771.1 ochko).

Javohir Sindorov aprel oyida reyting uchun 0,1 ochko qo‘lga kiritishni uddalagan, lekin o‘zbekistonlik grossmeyster bir pog‘ona pastlab, 30-o‘rindan 31-o‘ringa tushdi. Hozirda Javohir hisobida 2706,1 ball bor. Ta’kidlash kerakki, Sindorov o‘tgan oyda ham bir pog‘ona pastlagan edi.

Tajribali shaxmatchi Rustam Qosimjonov (2675) ham mazkur reytingning kuchlilar qatoridan joy olgan. U aprel oyida 2 pog‘ona pastlab, 48-o‘rinni egallagan.

Mart oyida O‘zbekistonning eng kuchli 4-shaxmatchisiga aylangan Nodirbek Yakubboyev (2665) aprel oyida ham o‘z mavqeini saqlab qoldi. Shuningdek, u reytingda ham 1 pog‘ona ko‘tarilishga erishdi. Yakubboyev ayni paytda FIDE reytingida 60-pog‘onani egallab turibdi.

Shamsiddin Vohidov aprel oyi reytingida ham pastladi. Bilasiz, o‘zbekistonlik grossmeyster o‘tgan oy 30 pog‘ona pastlab, 80-o‘ringa tushib ketgan edi. Vohidov yangilangan reytingda 86-o‘ringa tushdi. Uning hisobidagi ochkolar soni 2641 ni tashkil qiladi.

Yoshlar o‘rtasidagi reytingda Javohir Sindorov kuchli uchlikda qoldi — 2706,1.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting