locale OZ

FIDE reytingi yangilandi: Magnus yetakchi, Abdusattorov 7-o‘ringa tushdi

Praggnanandhaa Toshkentdagi g‘alabadan so‘ng katta sakrash qildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

1 iyul holatiga ko‘ra Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shaxmatchilarning navbatdagi reytingini e'lon qildi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bir pog‘ona pastlab, 2771 reyting bilan 7-o‘ringa tushdi. UzChess Cup–2025 musobaqasida zafar quchgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaa esa uch pog‘ona yuqorilab, 2779 reyting ball bilan 4-o‘rinni egalladi.

Yangi reytingga ko‘ra TOP-10lik quyidagicha shakllandi:
1. Magnus Carlsen (Norvegiya) — 2839
2. Hikaru Nakamura (AQSh) — 2807
3. Fabiano Caruana (AQSh) — 2784
4. Rameshbabu Praggnanandhaa (Hindiston) — 2779
5. Arjun Erigaisi (Hindiston) — 2776
6. Gukesh Dommaraju (Hindiston) — 2776
7. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 2771
8. Alireza Firouzja (Fransiya) — 2766
9. Wei Yi (Xitoy) — 2748
10. Anish Giri (Niderlandiya) — 2748

Yana bir necha o‘zbekistonlik shaxmatchilarning holati:
25. Javohir Sindarov — 2722
48. Rustam Qosimjonov — 2675
59. Nodirbek Yakubboev — 2663
76. Shamsiddin Vohidov — 2650

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting