FIDE reytingi yangilandi: Javohir Sindarov Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisiga aylandi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) may oyi yakunlariga koʻra dunyoning eng kuchli shaxmatchilari roʻyxatini yangiladi. Kuchli 100 talikdan Oʻzbekistonning 5 nafar grossmeysteri oʻrin oldi.
Reytingda hamon Magnus Karlsen (2841) peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni AQSh vakillari Fabiano Karuana (2792) va Hikaru Nakamura (2792) egallab turibdi.
Uzoq vaqtdan soʻng Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi oʻzgardi. Javohir Sindarov “Superbet Chess Classic Romania–2026) turniridagi muvafaqqiyatli ishtiroki sababli oʻz ochkolarini 2777 taga yetkazdi va jahon reytingida 4-o‘ringa koʻtarildi.
Nodirbek Abdusattorov esa oʻtgan oyga nisbatan 3 ochko yoʻqotdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi boʻlib turgan Nodirbek hisobida ham 2777 ochko mavjud boʻlib, u FIDE reytingida 5-pog‘onani band etgan.
Kuchli yuztalikdan joy olgan oʻzbekistonlik grossmeysterlarning koʻrsatkichlari quyidagicha koʻrinish olgan:
- Nodirbek Yakubboyev — 2689 ochko (40-o‘rin)
- Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (50-o‘rin)
- Shamsiddin Vohidov — 2637 ochko (89-o‘rin)
Maʼlumot uchun, jamoaviy reytinga Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 2623 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.