locale OZ

FIDE reytingi yangilandi: Abdusattorov va Yakubboyev yuqoriladi, Sindorov 4-o‘rnini saqlab qoldi

Dunyoning TOP-5 shaxmatchisi orasidan ikki nafar o‘zbekistonlik grossmeyster joy oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE reytingi yangilandi: Abdusattorov va Yakubboyev yuqoriladi, Sindorov 4-o‘rnini saqlab qoldi
Foto: Getty Images

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE 2026-yil oktabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Yangi ro‘yxatda O‘zbekiston vakillaridan Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev yuqorilagan bo‘lsa, Javohir Sindorov dunyo reytingidagi 4-o‘rnini saqlab qoldi.

Nodirbek Abdusattorov reytingiga 18 ochko qo‘shib, ko‘rsatkichini 2762 dan 2780 ochkoga yetkazdi. Natijada u sentabrdagi 7-o‘rindan 5-pog‘onaga ko‘tarildi. Javohir Sindorov esa 2782 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. Shu tariqa, dunyoning TOP-5 shaxmatchisi orasidan ikki nafar o‘zbekistonlik grossmeyster joy oldi.

Nodirbek Yakubboyev ham reytingda sezilarli ko‘tarildi. U bir oy davomida reytingiga 27 ochko qo‘shib, ko‘rsatkichini 2685 dan 2712 ochkoga yetkazdi. Natijada Yakubboyev 39-o‘rindan 26-pog‘onaga ko‘tarilib, 13 ta o‘rin yuqoriladi.

Ma’lumot uchun, FIDE’ning oktabr reytingida Magnus Karlsen 2823 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Hikaru Nakamura 2792 ochko bilan ikkinchi, Fabiano Karuana 2784 ochko bilan uchinchi o‘rinda. Keyingi ikki pog‘onani esa Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting