locale OZ

FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov o'z o'rnida, Sindarovda pasayish

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE reytingi yangilandi. Abdusattorov o'z o'rnida, Sindarovda pasayish
FOTO: Stev Bonhage / Freestyle Chess

Jahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) mart oyi yakunlariga ko'ra yangilangan reytingni e'lon qildi. Yangilangan reytingning top-100 taligidan 5 nafar o'zbekistonlik grossmeyster o'rin oldi.

Jumladan, birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ochkolari va reytingdagi o'rni o'zgarishsiz qoldi (6-o'rin, 2773 ochko).

Javohir Sindarov esa bir pog'ona pastlab, 30-o'rindan joy oldi. Sindarovning reyting ochkolari ham bir ballga pastlab, hozirda 2706 tani tashkil qilmoqda.

Top-100 talikdan, shuningdek, Rustam Qosimjonov (46-o'rin, 2678 ochko), Nodirbek Yakubboyev (61-o'rin, 2665 ochko) va Shamsiddin Vohidov (81-o'rin, 2648 ochko) o'rin olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting