locale OZ

FIDE Grand Swiss xalqaro turniriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE Grand Swiss xalqaro turniriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 3-16-sentabr kunlari Samarqand shahri FIDE “Grand Swiss” xalqaro turniriga mezbonlik qiladi.

Bugun ushbu nufuzli xalqaro turnir oldidan Sport vaziri Adxam Ikramov boshchiligida xalqaro musobaqani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalasiga bag‘ishlangan Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xalqaro turnirni yuqori darajada o‘tkazish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, xorijdan keladigan sport delegatsiyalariga zarur shart-sharoitlarni yaratish, qolaversa Xalqaro shaxmat federatsiyasining texnik reglamenti talablarini bajarish va bu borada tegishli vazirlik va idoralarni o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati muhokama qilindi.

Mas’ullarga xalqaro musobaqa ishtirokchilari joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylar va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlanishi, shuningdek, xalqaro turnirni yuqori darajada o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator muhim topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting