locale OZ

FIDE Grand Swiss 2025: Samarqanddagi nufuzli shaxmat turniri ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Jahonning eng kuchli 172 shaxmatchisi sentabr oyida Samarqandda dona suradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

2025 yilning 3–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida xalqaro darajadagi yirik shaxmat musobaqasi — FIDE Grand Swiss turniri bo‘lib o‘tadi. Unga jahonning yetakchi grossmeysterlari to‘plangan bo‘lib, umumiy mukofot jamg‘armasi qariyb 1 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Bellashuvlar shveytsarcha tizimda, 11 turdan iborat tarzda Open (erkaklar) va Women’s (ayollar) guruhlarida o‘tkaziladi.

Jami 172 nafar shaxmatchi ishtirok etadigan mazkur musobaqa “Nomzodlar turniri – 2026”ga yo‘l olish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi. Har ikki guruhdagi birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblari ushbu nufuzli turnirga yo‘llanma qo‘lga kiritadi.

Mukofot jamg‘armasi:
• Open: 625 000 AQSh dollari
• Women’s: 230 000 AQSh dollari

Open guruhida jahon chempioni Gukesh Dommaraju, Arjun Erigaisi, Praggnanandhaa (Hindiston), Alireza Firouzja (Fransiya), Yan Nepomnyashchiy (Rossiya), Anish Giri (Niderlandiya), Shaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Levon Aronyan (AQSh) kabi dunyo yulduzlari ishtirok etadi.

O‘zbekiston sharafini esa Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va Shamsiddin Vohidov himoya qiladi. Women’s guruhida Gulruhbegim Tohirjonova dona suradi.

Samarqanddagi ushbu superturnir nafaqat mukofot jamg‘armasi, balki shaxmat olami uchun hal qiluvchi natijalari bilan ham e’tiborga loyiq bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting