locale OZ

FIDE 2028-yilgi Nomzodlar turniri saralash tizimini tasdiqladi

Yangi reglament FIDEning eng nufuzli musobaqalari balansini saqlab qolgan holda, shaxmatchilar uchun yangi saralash imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
FIDE 2028-yilgi Nomzodlar turniri saralash tizimini tasdiqladi
photo: gettyimages

FIDE 2028-yilgi Nomzodlar turniri saralash tizimini tasdiqladi.

FIDE 2028-yilgi FIDE Nomzodlar turniri hamda Ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turniri uchun rasmiy saralash tizimini tasdiqladi. Yangi reglament FIDEning eng nufuzli musobaqalari balansini saqlab qolgan holda, shaxmatchilar uchun yangi saralash imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

FIDE Nomzodlar turniri — 2028

Jahon tojiga da'vogarlik qiluvchi 8 nafar shaxmatchi quyidagi turnirlar orqali saralab olinadi:

FIDE Grand Swiss Tournament 2027 (2 nafar o‘yinchi)
Total Chess World Championship Tour 2026/2027 (2 nafar o‘yinchi)
FIDE World Cup 2027 (2 nafar o‘yinchi)
FIDE Circuit 2026/2027 (2 nafar o‘yinchi)

FIDE Ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turniri — 2028

FIDE Women’s Grand Swiss 2027 (2 nafar o‘yinchi)
FIDE Women’s Grand Prix Series 2026/2027 (2 nafar o‘yinchi)
FIDE Women’s World Cup 2027 (2 nafar o‘yinchi)
FIDE Women’s Circuit 2026/2027 (2 nafar o‘yinchi) o‘yinchi)

Reyting tizimi olib tashlandi: Avvalgi sikllarda mavjud bo‘lgan sof FIDE reytingi (Rating spot) orqali Nomzodlar turniriga yo‘llanma olish tartibi bekor qilindi. Endilikda barcha yo‘llanmalar faqat jonli musobaqa natijalari evaziga beriladi.

FIDE Circuit muddati uzaytirildi: FIDE Circuit yo‘llanmalari 1 yillik emas, balki 2026–2027 yillarni o‘z ichiga olgan 2 yillik barqaror natijalar jamlanmasiga qarab taqdim etiladi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting