locale OZ

FIDE 2025-yilgi rapid va blits jahon chempionati ishtirokchilari ro‘yxatini e’lon qildi

Ayollar bo‘limida esa jahon chempioni Ju Venjun bilan birga Zhu Jiner, Lei Tingjie, Aleksandra Goryachkina, Humpy Koneru ham ishtirok etishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIDE 2025-yilgi rapid va blits jahon chempionati ishtirokchilari ro‘yxatini e’lon qildi
photo: Chess Uzbekistan

Musobaqa 25–30-dekabr kunlari Qatarning Doha shahrida, Qatar University sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Umumiy sovrin jamg‘armasi — 1 million yevrodan ortiq.

Bu yil jang maydonida deyarli barcha super yulduzlar to‘planadi: amaldagi jahon chempioni Gukesh D, sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen, shuningdek Ian Nepomniachtchi, Fabiano Karuana, Anish Giri, Uesli So, Levon Aronyan kabi dunyoning eng kuchli grossmeysterlari qatnashadi. Yangi avlod vakillari — Nodirbek Abdusattorov, Vinsent Keymer, Arjun Erigaisi, Praggnanandhaa, Yagiz Kaan Erdogmus, Ediz Gurel ham chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Ayollar bo‘limida esa jahon chempioni Ju Venjun bilan birga Zhu Jiner, Lei Tingjie, Aleksandra Goryachkina, Humpy Koneru ham ishtirok etishadi.

O'zbekiston tarkibi

Open bo‘limi – 8 nafar:

Nodirbek Abdusattorov

Javohir Sindarov

Nodirbek Yakubbayev

Shamsiddin Vohidov

Jahongir Vahidov

Muhiddin Madaminov

Muhammadzohid Suyarov

Humoyun Begmuratov

Ayollar bo‘limi – 6 nafar:

Afruza Hamdamova

Umida Omonova

Gulruhbegim Tohirjonova

Nilufar Yakubbayeva

Madinabonu Xalilova

Guldona Karimova

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting