FIBA U16 Women’s Asia Cup 2025 (Division B) Osiyo Kubogi. O'zbekiston U16 Hindistonlik tengqurlariga mag'lub bo'ldi
FIBA U16 Women’s Asia Cup 2025 (Division B) Osiyo Kubogi
SEREMBAN (Malayziya)
Guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvida O‘zbekiston U16 ayollar terma jamoasi Hindiston terma jamoasi bilan keskin va teng kurash olib bordi, ammo so‘nggi daqiqalarda 69:81 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv "Seremban" arenada o‘tkazildi va tomoshabinlarga chinakam basketbol intrigasini taqdim etdi.
O‘yin borishi
1-ch O'zbekiston 22–17 Hindiston
2-ch O'zbekiston 16–26 Hindiston
3-ch O'zbekiston 14–18 Hindiston
4-ch O'zbekiston 17–20 Hindiston
O‘yinchilarimizning individual yutuqlari
Xolikova Munira — 4 samarali uzatma
Salimova Rayhona — samaradorlik 24 va 14 rebaund (o‘yin MVPsi)
Lutfullaeva Farangiz — 19 ochko
O‘zbekistonlik basketbolchi qizlar xarakter va mahorat ko‘rsatib, kuchli raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Shunga qaramay, jamoa tajriba orttirishda davom etmoqda va ishonch bilan turnirdagi keyingi o‘yinlarga qaramoqda.
Ertaga, 15 sentabr kuni soat 11:00 da bizning vaqt bilan, Eron🇮🇷 terma jamoasiga qarshi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.