locale OZ

FIA keyingi mavsumdan boshlab apellyatsiya toʻlovlarini oshiradi

Bu qaror asossiz shikoyatlar sonini kamaytirish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIA keyingi mavsumdan boshlab apellyatsiya toʻlovlarini oshiradi
FOTO: Getty Images

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) 2026 yilgi mavsumdan boshlab norozilik bildirish, apellyatsiya topshirish va texnik tekshiruvlar bo‘yicha depozit miqdorini oshiradi. Bu qaror asossiz shikoyatlar sonini kamaytirish va poyga natijalarini aniqlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan. Bu haqda Motorsport Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoalar rasmiy protestlar hamda hakamlar qarorlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha so‘rovlar uchun sezilarli darajada ko‘proq mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Agar protest asosli deb topilsa, to‘langan summa jamoaga qaytariladi. Shu bilan birga, ushbu xarajatlar jamoalarning budjet limiti doirasida hisobga olinadi.

Mazkur tashabbus so‘nggi yillarda yuzaga kelgan bahsli protestlar bilan bog‘liq. Xususan, 2025 yilgi mavsumda Mayami va Kanada Gran-prilarida «Red Bull» tomonidan Jorj Rassellga qarshi berilgan shikoyatlar poyga natijalarining e’lon qilinishini kechiktirib, boshqa jamoalar noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Depozit miqdorining oshirilishi protestlar tizimini yanada qat’iy va mas’uliyatli qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, raqib jamoalar mashinalarini texnik tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha so‘rovlar uchun to‘lov ham oshiriladi. Endilikda bunday tekshiruv uchun 20 ming yevro miqdorida yig‘im belgilanishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting