locale OZ

FIA Delegatsiyasi Toshkentdagi Yagona operativ boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi

Tashrif davomida rasmiylar mehmonlarga Markazning faoliyati, uning imkoniyatlari va ishlash tizimi haqida ma’lumot berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIA Delegatsiyasi Toshkentdagi Yagona operativ boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi
photo: Autosport Uzbekistan

Xalqaro avtosport federatsiyasi (FIA) Prezidenti Mohammed Ben Sulayem boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona operativ-qidiruv boshqaruv markaziga tashrif buyurdi. Delegatsiyani ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov qabul qildi.

Tashrif davomida rasmiylar mehmonlarga Markazning faoliyati, uning imkoniyatlari va ishlash tizimi haqida ma’lumot berdi.
Profil tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Markaz imkoniyatlarini avtosport sohasiga integratsiya qilish masalalari, shuningdek, FIAning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Xususan, Markaz mutaxassislari yo‘l harakati monitoringi, potensial xavfli vaziyatlarni erta aniqlash va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularga tezkor javob berish tizimlarini namoyish etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar avtosport tadbirlarini o‘tkazish uchun xavfsiz muhit yaratish, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va avtosportda xavfsizlik standartlarini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha fikr almashdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting