locale OZ

FIA Bosh Assambleyasi va FIA Awards 2025 tantanali marosimiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent dekabr oyida FIA Bosh Assambleyasi va FIA Awards tantanali mukofotlash marosimiga mezbonlik qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIA Bosh Assambleyasi va FIA Awards 2025 tantanali marosimiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
photo: Autosport Uzbekistan

Markaziy Osiyo tarixida birinchi bor — Xalqaro Avtomobil Federatsiyasining (FIA) Bosh Assambleyasi hamda FIA Awards — avtomobil sporti hamjamiyatining eng kutilgan tadbirlaridan biri o‘tkaziladi.

FIAning yillik tantanali mukofotlash marosimi har doim yorqin voqea bo‘lib, xalqaro avtomobil sportining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha barcha chempionlarni bir sahnaga jamlab, ularga FIAning rasmiy mukofotlarini topshirish bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston poytaxti — Toshkent shahri 2025-yil dekabr oyida FIA Bosh Assambleyasi va FIA Awards tantanali mukofotlash marosimiga mezbonlik qiladi.

2025-yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Qo‘mita rahbariyati va O‘zbekiston Milliy Avtomobil va Karting Federatsiyasi ishtirokida ushbu yirik tadbirga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting