Ferrari Lyuis Hemiltonning 2026 yilgi mavsum uchun dubulg‘asini namoyish etdi (foto)
Formula-1 poygalarining afsonaviy jamoasi hisoblangan Ferrari yetti karra jahon chempioni Lyuis Hemiltonning yangi — 2026 yilgi mavsumda foydalanadigan himoya dubulg‘asi dizaynini jamoatchilikka taqdim etdi.


Ayni damda 41 yoshni qarshi olgan britaniyalik poygachi «Qirollik poygalari»dagi debyutini uzoq 2007 yilda amalga oshirgan edi. O‘tgan davr mobaynida u sakkiz yil davomida (2008, 2014, 2015, 2017, 2018, 2019, 2020) jahon chempionligini qo‘lga kiritib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy Mixael Shumaxer bilan birgalikda rekordchi bo‘lib turibdi.
Hemilton Ferrari safiga 2025 yilgi mavsumda kelib qo‘shilgan edi. Skuderiya tarkibidagi ilk yilining yakunlariga ko‘ra, tajribali poygachi umumiy reytingda oltinchi o‘rinni band etdi.
Avvalroq britaniyalik chempion yangi, 2026 yilgi mavsum oldidan jamoa ichidagi muhit va umumiy kayfiyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Ferrari'ning kelajakdagi maqsadlari yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi.