Ferrari jamoasi AQSH Grand prisiga katta yangilanishlar paketini olib boradi
Ferrari jamoasi AQSH Grand prisiga katta yangilanishlar paketini olib boradi.
Maranello jamoasi AQSHning Austin bosqichiga joriy mavsumning eng katta yangilanishlar paketini olib boradi. Kutilayotgan yangilanishlarning koʻlami jamoaning avvalroq Miami bosqichidagi 11 talik paketidan ham koʻproq boʻlishi kutilmoqda.
Yangilanishlarning asosiy qismi Floor (Pol) bilan bogʻliq. Jamoa muhandislari SF-26 shassisining ostki qismini tubdan qayta ishlashgan, u havo oqimini yaxshilash va poyga masofasida mashinaning barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangilanishlarning bir qismi esa muvozanat va yuqori tezlikda mashinaning orqa qismida barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan. Habaringiz bor-ki jamoa haydovchilari Lewis Hamilton va Charles Leclerc koʻp marta mashinaning orqa qismi burilishdan chiqib tezlikni oshirish paytidagi beqarorligidan norozi boʻlishgan. Mashinaga kiritilayotgan oʻzgartishlar esa aynan shu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.