Fernanda Еrrera — Osiyo chempionatidagi birinchi medal muallifi
O‘zbekistonlik qilichboz sablya bo‘yicha musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz
Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi dastlabki medaliga ega bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasidagi sablya dasturida yurtdoshimiz Fernanda Еrrera kuchlilar safidan joy oldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. U yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan dramatik bahsda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori, yaponiyalik Misaki Emuraga 13:15 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, Еrrera chorak finalda qozog‘istonlik Aygerim Saribayga qarshi 8:14 hisobida ortda ketayotganiga qaramay, irodali kurash orqali 15:14 hisobida g‘alabaga erishdi va undan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Bakradze Iman
Redaktor