locale OZ

FEI xalqaro ot sporti federatsiyasi Jahon chempionatida qatnashuvchi ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FEI xalqaro ot sporti federatsiyasi Jahon chempionatida qatnashuvchi ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi
photo: Ot sporti Uzbekistan


Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) 2026-yil 11–23-avgust kunlari Germaniyaning Axen shahrida bo‘lib o‘tadigan FEI World Championships Aachen 2026 musobaqasida qatnashuvchi ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo mintaqasidan nomzodlar qatoridan O‘zbekiston🇺🇿 ham joy oldi. Mazkur hududdan jami 30 nafardan ortiq sportchi dastlabki ro‘yxatga kiritilgan.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi:

Bekzod KurbanovMatts VG laqabli oti bilan
Abdurahmon AbdullayevCaballone laqabli oti bilan

Sportchilarimizni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz hamda Axendagi Jahon chempionatida ularga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting