FEI Sport Forum 2026 doirasida III-guruh mamlakatlari o‘rtasida Solidarity Meeting uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
FEI Sport Forum 2026 doirasida III-guruh mamlakatlari o‘rtasida Solidarity Meeting uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Gaziyev Baxromjon FEI departamenti kengashi a’zosi sifatida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, FEI Solidarity tarkibiga quyidagi 11 ta davlat kiradi:
🔹 Kavkaz-Kaspiy guruhi — Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya
🔹 Markaziy Osiyo guruhi — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Eron
🔹 Sharqiy Yevropa guruhi — Rossiya, Belarus, Moldova
Yig‘ilish davomida FEI Solidarity dasturi direktori Jean-Philippe Camboulives milliy federatsiyalarning ot sportiga qiziqishlari, ehtiyojlari va dolzarb masalalari bilan batafsil tanishdi hamda mintaqada ot sportini rivojlantirish yo‘lida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, 1-iyul kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti G.Baxromjon ishtirokida muhim uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Ushbu uchrashuv doirasida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilinadi:
— mintaqaviy rivojlanish rejasi
— federatsiya faoliyat rejasi
— ot sporti yo‘nalishlarini rivojlantirish
Mazkur tashabbus FEI tomonidan milliy federatsiyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash va mintaqada ot sportini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.