FEI ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) testlariga 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan o‘zgartirishlar
FEI ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) testlariga 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan o‘zgartirishlar
Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) tomonidan ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishi bo‘yicha barcha darajadagi musobaqalarda qo‘llaniladigan testlar har tomonlama qayta ko‘rib chiqildi.
Ot yo‘rttirishni (viyezdka) strategik rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tavsiyasiga muvofiq, so‘nggi 12 oy davomida testlarni ishlab chiqish guruhi amaldagi testlarni chuqur o‘rganib, taklif etilgan o‘zgartirishlarni baholadi. Yangilangan talablar Germaniyaning Varendorf shahrida amaliy sinovdan ham o‘tkazildi.
O‘zgartirishlarning asosiy maqsadi — ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishining yagona maqsad va tamoyillariga muvofiqlikni ta’minlash, shuningdek, otning egiluvchanligi, muvozanati va mustaqil harakatlanish qobiliyatini yanada yaqqol namoyon etadigan elementlarni testlarga kiritishdan iborat.
Shuningdek, musobaqalarning turli darajalarida texnik murakkablik darajasini otni tayyorlash shkalasiga muvofiq belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi testlar qachondan kuchga kiradi?
Qayta ko‘rib chiqilgan FEI ot yo‘rttirish (viyezdka) testlari 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha FEI musobaqalarida qo‘llaniladi. Ushbu sana Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun minimal malaka talablariga (MER) muvofiq saralash davrining boshlanishiga ham to‘g‘ri keladi.
Yangilangan testlar FEI rasmiy veb-saytining ot yo‘rttirish testlariga bag‘ishlangan sahifasida e’lon qilinadi.
FEI Milliy federatsiyalarga yangi testlar bilan oldindan tanishib chiqish hamda sportchilar, murabbiylar, hakamlar va boshqa manfaatdor tomonlarni kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilishni tavsiya etadi.