locale OZ

FEI Bosh Assambleyasi yakunlari: Qozog‘iston 2026 yilda xalqaro musobaqalarni o‘tkazuvchi mamlakat sifatida tasdiqlandi

Gonkong shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI)ning yillik Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FEI Bosh Assambleyasi yakunlari: Qozog‘iston 2026 yilda xalqaro musobaqalarni o‘tkazuvchi mamlakat sifatida tasdiqlandi
photo: Ot sporti Uzbekistan

FEI Bosh Assambleyasi yakunlari: Qozog‘iston 2026 yilda xalqaro musobaqalarni o‘tkazuvchi mamlakat sifatida tasdiqlandi.

Gonkong shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI)ning yillik Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda FEIga a’zo 132 mamlakatdan 87 milliy federatsiya delegatsiyasi ishtirok etdi. Qozog‘iston 1993 yildan buyon FEI a’zosi bo‘lib, Assambleya ishida muntazam qatnashib keladi.

Assambleya doirasida konkur va dresaj qoidalariga o‘zgartirishlar, Olimpiya o‘yinlari hamda 2026 yilda Germaniyaning Axen shahrida o‘tadigan FEI Jahon chempionatiga saralash formati, sportchilar xavfsizligi va otlarning farovonligi, shuningdek raqamli veterinariya pasporti masalalari muhokama qilindi.

Plenar yig‘ilishlar yakunida Qozog‘iston 2026 yilda FEI homiyligida uchta xalqaro musobaqani o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi: Jahon kubogi bosqichi, FEI World Cup Challenge finali va Yevroosiyo ligasi finali. Mazkur qaror Qozog‘iston sportchilariga ilk bor o‘z yurtida xalqaro reyting ochkolarini to‘plash imkonini beradi .

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting