locale OZ

Federal soliq xizmati Xabib Nurmagomedovning bank hisobini yana bloklab qo'ydi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Federal soliq xizmati Xabib Nurmagomedovning bank hisobini yana bloklab qo'ydi
FОТО: Give me Sport

Federal soliq xizmati (FTS) yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning bank hisobini yana blokladi. Bu haqda “Mash on Sport” telegram kanali xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tashkilotning bu qarorga kelishiga Nurmagomedovning 2024-yil uchun daromadlar to'g'risidagi hisobotni o'z vaqtida topshirmagani sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili ham Xabibning bank hisoblari 320 million rubl qardorlik sabab bloklab qo'ygandi. Hozirda sobiq chempion o'zining jamoasi bilan Dog'istonning Sidli qishlog'ida yig'in o'tkazmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting