locale OZ

Faxriylar va Para shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasiga start berildi

Chempionat 3 ta yo‘nalishda, shveysarcha tizimi asosida 7 turda o‘tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Faxriylar va Para shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasiga start berildi
Фото: Chess Uzbekistan

Joriy yilning 20–25-dekabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Faxriylar va Para shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi, viloyat Shaxmat federatsiyasi raisi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, chempionatni rasman ochib berdi.

Chempionat 3 ta yo‘nalishda, shveysarcha tizimi asosida 7 turda o‘tkazilmoqda. Unda:

para shaxmatchilar (erkaklar),

para shaxmatchilar (ayollar),

60 yoshdan oshgan faxriy shaxmatchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar tashkil etilmoqda.

Musobaqa yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting