locale OZ

Faxriddin Xamrayev — Nyu-Deli-2025 Jahon chempionati g'olibi!

Faxriddinning natijasidan so'ng medallarimiz soni 10 tani tashkil etmoqda: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Faxriddin Xamrayev — Nyu-Deli-2025 Jahon chempionati g'olibi!
photo: Para olimpiya

Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonligida o'tayotgan para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 4-oltin medalga ega chiqdi.

T12 klassida 400 m masofaga yugurish bellashuvi finalida ishtirok etgan hamyurtimiz Faxriddin Xamrayev 50.11 soniyada marraga ikkinchi bo'lib yetib keldi, biroq birinchi natijani qayd etgan marokashlik Mahdi Afri musobaqa reglamentini buzgani sababli, diskvalifikatsiya qilindi va oltin medal hamyurtimizga nasib etdi.

Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida 400 m masofaga yugurish (T12)
1 Faxriddin Xamrayev (O'zbekiston) - 50.11
2 O'g'uz Akbulut (Turkiya) - 50.84
3 Kissanapong Tisuvan (Tailand) - 50.98

Faxriddinning natijasidan so'ng medallarimiz soni 10 tani tashkil etmoqda: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting