Farrux Zokirov: “Ikkinchi yo’llanma uchun kurash davom etadi”
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
“Neftchi” – “Maksam-Chirchiq” (3:2) jamoalari uchrashuvidan keyin farg’onaliklar ustozi Farrux Zokirov oʻyin haqidagi fikrlarini bildirdi.
— “Maksam-Chirchiq” jamoasi bilan o’yin juda murosasiz o’tdi, deb o’ylayman. Bugungi uchrashuv natijasi har ikkala jamoaning pley-offga chiqishiga jiddiy ta`sir ko’rsatardi. Omadimiz keldi va muhim uch ochkoni qo’lga kiritdik. Oldinda “Bunyodkor” bilan hal qiluvchi uchrashuvimiz turibdi. Chorak final yo’llanmasi uchun kurash oxirgi kungi bahslarda yanada shiddatli kechishi kutilmoqda. Bugungi uchrashuv uchun Chirchiq shahri jamoasiga tashakkur. O’z navbatida bugungi g’alaba uchun yigitlarimga ham rahmat aytmoqchiman.
Ibrohim Jalolov
Redaktor