locale OZ

Farrux Zakirov: \"Neftchi\" asosiy e`tiborini mahalliy iqtidorlarga qaratadi\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farrux Zakirov: "Neftchi" asosiy e`tiborini mahalliy iqtidorlarga qaratadi"
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, 18 — 22-iyun kunlari Jizzax shahrida oliy liga yo‘llanmasi uchun o‘tish turniri tashkillashtiriladi.

Mazkur musobaqa starti oldidan Farg‘onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Farrux Zakirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"O‘tish turniriga tayyorgarlik yaxshi o‘tdi, deya olaman. Hech kimga sir emas, tarkibni shakllantirishda "Neftchi" asosiy e’tiborini vodiy, jumladan, farg‘onalik yoshlarga qaratadi.

O‘tish turniri orqali oliy ligaga qaytishga urinib ko‘ramiz, albatta. Kubok bahslari orqali xato va kamchiliklarimizni ko‘rib oldik, ularning ustida ishladik.

Shubhasiz, o‘tish turniri favoriti — bu SQB jamoasi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning tarkibiga yangi legionerlar ham qo‘shilgan. Shunga qaramay, qolganlar ham bor kuchini ishga solishiga ishonaman. Menimcha, qiziqarli to‘qnashuvlar guvohi bo‘lamiz"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting