locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Farg'onada zamonaviy universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Para-shashka bo‘yicha chempion bo‘lgan yosh sportchi tufayli mahallada yangi sport maydoni barpo etildi
Boshqa sport turlari 21 iyn 2025 da 05:33
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

2024 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Besh tashabbus” Olimpiadasi doirasida sportning para-shashka yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrining Madaniyat mahallasida istiqomat qiluvchi Ismoiljon Ismoilov sharafli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Bu yutuq uning mahallasini yanada obod qilishga sababchi bo‘ldi — g‘oliblik natijasida mazkur hududda zamonaviy universal sport maydonchasi barpo etilishiga zamin yaratildi.

20 iyun kuni ushbu inshoot tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov, mahalliy hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillari, faol jamoatchilik a’zolari ishtirok etib, yosh sportchilarga o‘z tabrik va ezgu tilaklarini yo‘llashdi.

Mazkur sport maydonchasi yoshlar uchun sog‘lom turmush tarziga qadam qo‘yishda muhim zamin bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting