locale OZ

Farg'onada zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg'onada zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Farg'ona viloyati Yozyovon tumanining olis hududi — Yangiobod MFYda zamonaviy universal sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu inshoot davlat rahbarining mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborlari natijasida joriy yil boshida Sport vaziri Adham Ikramovning Farg'ona viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriq asosida barpo etildi.

Ochilish tadbirida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J. Maripov, jamoatchilik vakillari, mahalla aholisi hamda sportchi yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlar uchun yaratilgan ushbu qulay sharoit bayramona ruhda tantanali tarzda topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida Sport vazirligining esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting