Fargʻonada «Yorqin kelajak» para yengil atletika festivali o‘tkazildi
Bugun Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para yengil atletika bo‘yicha 15–30 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida “Yorqin kelajak” sport festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni paralimpiya sport turlariga keng jalb etish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iboratdir.
Festival davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda, jumladan yadro uloqtirish, nayza uloqtirish, tennis koptogini uloqtirish hamda qisqa va uzoq masofalarga yugurish bahslarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Mazkur festival para sportni rivojlantirish, yosh parasportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda viloyat terma jamoasi uchun istiqbolli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.