Farg'onada “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Farg‘ona viloyati Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” loyihasi doirasida badiiy gimnastika yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtinchi mintaqaviy bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Farg‘ona, So‘x tumanlari, Farg‘ona va Quvasoy shaharlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli gimnastikachi qizlar o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Tadbirda Respublika oliy sport mahorat maktabining gimnastika bo‘yicha direktori S. Vaxobov, viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, sportchilar hamda murabbiylar ishtirok etdi.
Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.
Bakradze Iman
Redaktor