Farg'onada “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining hududiy bosqichiga start berildi
Og‘ir atletika bo‘yicha saralashda g‘oliblar Prezident olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
Bugun, 9 avgust kuni Farg‘ona shahridagi viloyat sport yakka kurashlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining og‘ir atletika turi bo‘yicha hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat shahar va tumanlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida g‘olib chiqqan, 15–17 yosh toifasidagi sportchilar ishtirok etdi. Hududiy bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar musobaqaning mantiqiy davomi hisoblangan “Prezident olimpiadasi” — ya’ni respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Bellashuv yakunlarida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda viloyat hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bakradze Iman
Redaktor