Farg'onada velosport bo'yicha O'zbekiston chempionati va paravelosport kubogi start oldi
Musobaqalarda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Joriy yilning 22–26 iyun kunlari Farg'ona viloyatining Farg'ona va Quvasoy shaharlari, shuningdek, Farg'ona tumani hududlarida velosport bo'yicha O'zbekiston chempionati hamda paravelosport yo'nalishi bo'yicha kattalar o'rtasida mamlakat Kubogi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqalarda respublika bo'ylab turli hududlardan tashrif buyurgan 300 ga yaqin velosportchi ishtirok etmoqda.
Musobaqa dasturiga asosan, individual zaezdlar — yakkama-yakka bahslarga start berildi. Bellashuvlarning birinchi kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadioni atrofidagi aylanma yo'lda tashkil etildi.
Musobaqalar davomida turli yo'nalishlarda zaxira sportchilari va elita toifasidagi velosportchilar o'rtasida kuchlilar aniqlanishi kutilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor