locale OZ

Farg‘onada ommaviy sportni rivojlantirish masalalariga bag'ishlanga seminar bo‘lib o‘tdi

Viloyatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘onada ommaviy sportni rivojlantirish masalalariga bag'ishlanga seminar bo‘lib o‘tdi
Фото: Спорт вазирлиги

Farg‘ona viloyati sport boshqarmasida Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘mindjanov boshchiligida sport ta’lim muassasalari direktorlari va trener-seleksionerlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Unda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish tartibiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tushuntirish berildi. Xususan, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi musobaqalar, yangi qo'shilgan xalq o‘yinlari, aholi va yoshlar qamrovini kengaytirish hamda 2026-yil yakuniga qadar respublikada aholini ommaviy sport bilan qamrab olish ko‘rsatkichini 17 million nafarga yetkazish maqsadida viloyatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda musobaqalarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazish hamda adaptiv sport turlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting