Farg'onada nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi
Faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Farg'ona shahridagi “Samo” sport majmuasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i sovrini uchun viloyat chempionati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimligi vakillari, viloyat sport boshqarmasi va nogironlar jamiyatlari rahbarlari, idora va tashkilot rahbarlari hamda sport ixlosmandlari ishtirok etdilar. Musobaqa ishtirokchilari shaxmatning nafaqat strategik va intellektual jihatlarini namoyish etdilar.
Chempionat g‘olib va sovrindorlari diplom, medal, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. Shu bilan birga, faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist