Farg‘onada kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
Musobaqada respublikaning barcha hududlaridan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: kikboksing Uzbekistan
Bugun Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida kikboksing sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
22–25-aprel kunlari davom etadigan ushbu chempionatda U-9, U-12, U-15 hamda U-16 yosh toifalaridagi o‘g‘il-qizlar layt-kontakt, kik-layt, point-fayting, lou-kik, ful-kontakt hamda K-1 yo‘nalishlarida o‘zaro bahs olib boradilar.
Musobaqada respublikaning barcha hududlaridan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Chempionat yoshlar o‘rtasida kikboksing sport turini yanada rivojlantirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor