locale OZ

Farg'onada jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarining amaliy imtihonlari davom etmoqda

Baholash mezonlari va amaliy topshiriqlar shaffof amalga oshirilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg'onada jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarining amaliy imtihonlari davom etmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Farg'ona shahridagi “Samo” sport majmuasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari “Jismoniy tarbiya” fani pedagog kadrlarining o‘quv fanidan ikkinchi bosqich amaliy imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Jarayonlarda attestatsiya komissiyasi a’zolari va soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Baholash mezonlari va amaliy topshiriqlar shaffof amalga oshirilmoqda.

Amaliy imtihonlar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini baholash, ularning malakasini oshirish va sifatli ta’lim jarayonini ta’minlashga qaratilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting