Farg‘onada «Hokim Olimpiadasi» doirasida basketbol 3x3 musobaqalari yakunlandi
Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida basketbol 3x3 bo‘yicha “Farg‘ona viloyati hokimi Olimpiadasi” bellashuvlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Viloyatimizning tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda maydonga tushib, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga intilish borasida munosib ishtirok etdilar.
Yakunda o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Viloyat sport o'yin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi
2-o‘rin — Marg‘ilon shahar 2-son sport maktabi jamoasi
3-o‘rin — Bag‘dod sport maktabi jamoasi
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Viloyat sport o'yin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi
2-o‘rin — Quva tumani sport maktabi jamoasi
3-o‘rin — Farg‘ona shahar 1-son sport maktabi jamoasi
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.