Farg‘onada «Besh tashabbus paralimpiadasi» doirasida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi
Farg‘ona tumani 1-son sport maktabida mahallalardagi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, sport maktablari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, “Nuroniylar” jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbar va mas’ul xodimlari, sport murabbiylari, mahalla ijtimoiy xodimlari, nuroniylar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.
Musobaqalarda tumandagi 71 ta mahalladan ro‘yxatdan o‘tgan iroda va matonat sohiblari kun davomida adaptiv sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida g‘olib hamda sovrindorlar tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.