locale OZ

Farg'onada “Besh tashabbus olimpiadasi”ning voleybol finali boshlandi

Yosh voleybolchilar Respublika bosqichida g'alaba uchun maydonga tushishmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Farg'ona shahridagi “Samo” sport majmuasida yurtimiz yoshlariga katta sport bayrami — “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ayollar o'rtasida voleybol bo'yicha Respublika bosqichi tantanali tarzda boshlandi.

16–21 va 22–30 yosh toifalaridagi sportchi qizlar kuch, mahorat va jamoaviylikda o'zaro bellashish uchun maydonga chiqishmoqda.

Ochilish marosimida Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo'minjonov, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, O'zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari hamda bir qator mutasaddilar ishtirok etib, sportchilarga omad va g'alabalar tilashdi.

Ushbu musobaqa — nafaqat sport, balki do'stlik, jamoaviylik va ruhiy mustahkamlik bayrami sifatida ham ahamiyatlidir.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting