Farg'onada «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sport musobaqalari davom etmoqda
G'oliblar keyingi bosqich yo'llanmasi uchun bellashmoqdalar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Farg'ona davlat universiteti basketbol maydonida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stritbol (o‘g‘il bolalar) turi bo‘yicha fakultetlararo universitet II bosqichi musobaqalariga start berildi.
Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Musobaqalar davomida jamoalar o‘zaro murosasiz kurash olib borib, g‘oliblar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bellashmoqdalar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist