Farg‘onada «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Maktab ligasi» bahslari davom etmoqda
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar endilikda viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Maktab ligasi” musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada 7–10, 11–14 hamda 15–17 yosh toifalarida o‘g‘il va qizlar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shiddatli raqobat va qiziqarli o‘yinlarga boy musobaqada shahar maktablaridan 300 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar endilikda viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist