locale OZ

Farg'onada besh tashabbus doirasidagi musobaqalar davom etmoqda

Musobaqa yakunida g'oliblar va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg'onada besh tashabbus doirasidagi musobaqalar davom etmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Qo'qon davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan mini-futbol musobaqasi o'z yakuniga yetdi.

Musobaqa davomida talabalar o'rtasida sog'lom raqobat va jamoaviy ruh ustuvor bo'ldi. “Yoshlar” o'yingohida o'tgan yarim final bahslarida San'at va sport fakulteti hamda Tabiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti jamoalari o'z mahoratini namoyish etdi.

Hal qiluvchi final bahsida San'at va sport fakulteti 3-jamoasi fakultetning 1-jamoasiga qarshi kuch sinashdi. Murosoasiz kechgan uchrashuvda:
1-o'rin — San'at va sport fakulteti 3-jamoasi
2-o'rin — San'at va sport fakulteti 1-jamoasi
3-o'rin — Tabiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti jamoasi

Musobaqa yakunida g'oliblar va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting