locale OZ

Farg‘onada belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionatlari muvaffaqiyatli yakunlandi

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘onada belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionatlari muvaffaqiyatli yakunlandi
photo: Kurash Uzbekistan

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida ilk bor o‘smirlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z yakuniga yetdi.

Nufuzli musobaqalarda dunyoning qariyb 30 ta davlatidan tashrif buyurgan sportchilar o‘zaro kuch sinashib, murosasiz va qiziqarli bahslar orqali g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Sport vazirligi, Butunjahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi, Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu musobaqalar xalqaro sport hamkorligini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish va belbog‘li kurash nufuzini yanada oshirishga xizmat qildi.

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting