Farg‘ona viloyatida sport sohasini rivojlantirish yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda
Sport vaziri Adkham Ikramov boshchiligidagi vazirlik Ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida sport sohasini yanada rivojlantirish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish hamda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Xizmat safari davomida vazir hamda vazirlik mas’ul xodimlari, viloyat hokimi o'rinbosari Sherzodjon Polvonov, Bag‘dod tumani hokimi G'anijon Soliyev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodir Hakimov bilan birgalikda Bag‘dod tumani sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif jarayonida sport maktabida sportchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar sifati, mavjud infratuzilma hamda moddiy-texnik bazaning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sport maktabi hududida faoliyat yuritayotgan Ayollar salomatlik markazi bilan ham tanishilib, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash va ularni sportga keng jalb etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro maydonlardagi ishtirokini samarali tashkil etish, murabbiylar faoliyatini yanada takomillashtirish, sport inshootlaridan oqilona va samarali foydalanish, ayollar va qizlar salomatligini mustahkamlash hamda ommaviy sportga jalb etishni kengaytirish yo‘nalishlarda muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.