locale OZ

Farg‘ona viloyati hokimligida sport sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Ommaviy sport harakatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘ona viloyati hokimligida sport sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Фото: Спорт вазирлиги

Farg‘ona viloyati hokimligida sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov hamda Sport vaziri Adkham Ikramov boshchiligida hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Viloyat hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda Sport vazirligi tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, hududiy sport boshqarmasi mas’ullari, sport ta’lim muassasalari direktorlari, federatsiyalar ijrochi direktorlari hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida 2025-yilda yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar va murabbiylar Sport vaziri hamda viloyat hokimi tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida sportni rivojlantirish borasidagi salmoqli hissasi inobatga olingan viloyati hokimi Xayrullo Bozarovga Sport vaziri tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Yig‘ilish davomida hududda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, uni yanada rivojlantirishga doir ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, ularning qamrovini kengaytirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda sport sohasini raqamlashtirish, yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, sportchilar va murabbiylar faoliyatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish masalalari ham keng muhokama qilindi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali ta’minlash, hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda ommaviy sport harakatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting