locale OZ

Farg‘ona va Namanganda antidoping ta’limi bo‘yicha malakani oshirish kurslari o‘tkazildi

98 nafar murabbiy va shifokorlar dopingning oldini olish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘ona va Namanganda antidoping ta’limi bo‘yicha malaka oshirish kurslari o‘tkazildi
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan mamlakat miqyosida “Antidoping ta’limi va doping profilaktikasi” mavzusida 24 soatlik malaka oshirish kurslari izchil ravishda tashkil etilmoqda.

Shu doirada Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham maxsus o‘quv seminarlar o‘tkazildi. Xususan, Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Beshariq, O‘zbekiston, Dangara, Furqat, Uchko‘prik, Buvayda va Bog‘dod tumanlari hamda Qo‘qon shahridagi sport maktablarida faoliyat yuritayotgan 98 nafar murabbiy, sport shifokori va mas’ul mutaxassis ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilarga doping vositalarining salbiy oqibatlari, ularni aniqlash usullari, sportda halol raqobatni ta’minlash va xalqaro talablar yuzasidan zarur ma’lumotlar yetkazildi.

Bu kabi o‘quvlar sport sohasida sog‘lom muhitni shakllantirish va sportchilarning huquqiy xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting