locale OZ

Farg‘ona shahridagi sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘ona shahridagi sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi
Фото: Спорт вазирлиги

Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muzaffarxo‘ja Rahmatxo‘jayev hamda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodir Hakimov Farg‘ona shahar 1-son sport maktabida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

O'rganish davomida sport maktabida olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, sportchilarning tayyorgarlik darajasi, moddiy-texnik baza holati, mavjud infratuzilma, sport inshootlari hamda tibbiy xonalar faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Mas’ullar tomonidan sportchilarga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda sportchilar salomatligini doimiy nazorat qilish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting