Fajr Cup xalqaro turnirida terma jamoa umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
5 ta oltin, 8 ta kumush hamda 2 ta bronza – jami 15 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Uzbekistan Weightlifting Federation
Eron poytaxti Tehronda o‘tkazilgan oltinchi “Fajr Cup” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, 5 ta oltin, 8 ta kumush hamda 2 ta bronza – jami 15 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, terma jamoamiz umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning maxsus kuboklarini tantanali ravishda qo‘lga oldi.
Qahramonlarimizni yana bir bor yodga olamiz:
–65 kg — Diyorbek Odilov: 3 ta kumush
–71 kg — Husinboy Matrasulov: 3 ta kumush
–79 kg — Hayitboy Abdushukurov: 1 ta oltin, 2 ta bronza
–88 kg — Bekzod Gofurjonov: 1 ta oltin, 2 ta kumush
–94 kg — Muhammadqodir Toshtemirov: 3 ta oltin
Murabbiylar: Jurabek Zairov, Abror Tojimirzayev
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist