Fabiano Karuana: Kim Javohir Sindarovga qarshi o‘ynasa, o‘shanga muxlislik qilyapman
Bugundan Nomzodlar turnirining ikkinchi davrasi start oladi — barcha ishtirokchilar qaytadan o‘zaro to‘qnash kelishadi.
1-davra yakunlangach, turrnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan Fabiano Karuana turnirdagi vaziyat haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Uning ta’kidlashicha, hozir aksariyat o‘yinchilarning g‘alaba uchun imkoniyatlari ancha kamaygan, chunki Javohir Sindarov jiddiy ustunlik bilan oldinga chiqib olgan.
Karuana hozirgi holatni ochiq tan olib, hatto hazil aralash shunday dedi
Hozir vaziyat shunaqa — bitta o‘yinchi deyarli butun turnirni "belgilab" beryapti. U juda zo‘r o‘ynamoqda. Shuning uchun endi kim Sindarovga qarshi o‘ynasa, men o‘shanga muxlislik qilyapman.
Shu bilan birga, u hali kurashdan chiqmaganini ham qayd etdi: oldinda Sindarov bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri partiya bor va bu umumiy jadvalga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Biroq 1,5 ochkolik farq — bu juda katta ustunlik.