Evroosiyo stol tennisi ligasi. Maroqand jamoasi g‘olib bo‘ldi
Almaota shahrida Evroosiyo stol tennisi ligasi ayollar jamoalari o‘rtasidagi 2-liga musobaqasi yakunlandi.
Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Rossiya davlatlarining 12 ta stol tennisi jamoalari ishtirok etgan bahslarda yurtimiz sharafini Toshkentning “Maroqand”, Samarqandning “OAZIS” va Toshkent viloyatining “Xvan Man Gim” jamoalari stol tennischilari himoya qilishdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston nomidan ilk bor yurtimiz tadbirkorlari qo‘llab-quvvatlashi bilan xususiy klub sifatida ishtirok etgan “Maroqand” jamoasi ushbu mavsumning birinchi bosqichi g‘olibiga aylandi.
Shu tariqa, Evroosiyo stol tennisi 2-ligasida ilk bor qatnashgan “Maroqand” jamoasi barcha bosqichlarda raqiblarini katta ustunlik bilan mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.